Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Mahallabay ishlash dasturi bo'yicha Assaviy mahallasida sanitariya targ'ibot ishlari o'tkazildi.

Mahallabay ishlash dasturi bo'yicha Assaviy mahallasida sanitariya targ'ibot ishlari o'tkazildi.

26-02-2024, 12:00
38
Shovot tuman sanitariya- epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi xodimlari tomonidan "Maxallabay" tizimli ishlarni davom qildirib, tumanning Assaviy mahallasidagi xonadonlarda aholi orasida yuqumli,  parazitar kasalliklar hamda ovqatdan zaharlanish holatlarini  oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlani amalga oshirishdi. Aholi xonadonlarida shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etish, xonadonni ozoda saqlash ,sog‘lom turmush tarziga rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi. Bakteriologiya va sanitariya -gigienasi labaratoriya taxlilgohlarida tekshirish uchun suv namunalari olindi. Mavzularga doir eslatma, ko'rsatma xatlari tarqatildi, gijja tuxumlarini aniqlash uchun 2-14 yoshgacha bo'lgan bolalardan surtma namunalari olib tekshirildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.