Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Umumta'lim maktabida yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Umumta'lim maktabida yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirildi.

18-02-2026, 10:09
11



✅Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo‘limi xodimlari tomonidan 23 - son Umumta'lim maktabida yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirildi.
✅Tadbir davomida virusli gepatit A kasalligiga qarshi emlash ishlarining ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, qizamiq va suvchechak kabi yuqumli kasalliklarning kelib chiqish sabablari, yuqish yo‘llari va ularning oldini olish choralariga alohida e’tibor qaratildi. Aholiga emlashning muhimligi, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish hamda kasallik alomatlari kuzatilganda o‘z vaqtida tibbiy muassasalarga murojaat qilish zarurligi tushuntirildi.
✅Bundan tashqari, o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar turiga mansub bo‘lgan quturish kasalligi to‘g‘risida ham keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi. Quturish kasalligining yuqish yo‘llari, oldini olish choralari hamda hayvonlar tishlagan hollarda tezkor tibbiy yordamga murojaat qilishning muhimligi ta’kidlab o‘tildi.
✅Mazkur profilaktik tadbirlar aholining yuqumli va parazitar kasalliklar bo‘yicha bilim va xabardorligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.


🔰Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi axborot xizmati 

Telegram (https://t.me/shovotseovasjxb) || Instagram || Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61565091835593&mibextid=ZbWKwL)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.