KUYDIRGI KASALLIGIDAN EHTIYOT BO‘LING!
⚠️ KUYDIRGI KASALLIGIDAN EHTIYOT BO‘LING!
Kuydirgi (Sibir yarasi) — hayvonlardan odamlarga yuqadigan xavfli yuqumli kasallik hisoblanadi. Kasallikning oldini olish uchun quyidagi qoidalarga qat'iy amal qiling:
✅ Kasallangan yoki sababi noma'lum holda nobud bo‘lgan hayvonlarga yaqinlashmang.
✅ Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini faqat veterinariya nazoratidan o‘tgan savdo shoxobchalaridan xarid qiling.
✅ Hayvonlarni o‘z vaqtida veterinariya mutaxassislari tomonidan emlatib boring.
✅ Hayvonlarni so‘yishda sanitariya va veterinariya qoidalariga rioya qiling.
✅ Hayvon bilan ishlaganda himoya qo‘lqopi va maxsus kiyimlardan foydalaning.
✅ Go‘shtni iste'mol qilishdan oldin to‘liq pishirilganligiga ishonch hosil qiling.
❗️ Quyidagi belgilar kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling:
• Teri yuzasida og‘riqsiz yara va qora qobiq hosil bo‘lishi;
• Isitma, holsizlik;
• Tana haroratining ko‘tarilishi;
• Shish va limfa tugunlarining kattalashishi.
🛡 Kasallikni davolashdan ko‘ra, uning oldini olish osonroq!
Sog‘lig‘ingizni asrang, veterinariya va sanitariya qoidalariga rioya qiling!
Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman axborot xizmati
Telegram Instagram Facebook

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring